Учебник по праву для 8 класса на узбекском языке.
Aziz o'quvchilar, mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish ko'p jihatdan huquqiy ta'limning muvaffaqiyatiga bog'liq. Huquqiy madaniyat inson madaniyatining ajralmas bo'lagidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfda “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari" o'qitilib, ushbu fan o'z oldiga jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat tushunchalarini yoritishni, O‘zbekiston Respublikasi davlatchiligi asoslarini, respublikamizdagi fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi faoliyatning asosiy yo'nalishlari, huquqning mamlakatimiz hayotida aks etishi, rivojlanish tarixi, hamda mamlakatimiz milliy huquqiy tizimining o'ziga xos jihatlarini o'rganishni maqsad qilib qo'yadi.
