Учебник по узбекскому языку для 7 класса на узбекском языке.
Psixolingvistik tadqiqotlardan maʼlumki, insonning til qobiliyati to‘rt xil kognitiv malakaning o‘zaro bog‘liqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrini og‘zaki bayon qilish, o‘qib tushunish, fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish og‘zaki nutq shakli bilan bog‘liq, o‘qib tushunish va yozish esa tilning yozma shakli bilan. Eshitib tushunish va o‘qib tushunish psixologik tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq yaratish jarayonidir. Mazkur malakalarning har biri insonning turli aʼzolari yordamida yuzaga chiqar ekan, ularning har biri o‘zaro bog‘liqligi bilan birga, bir-biridan farqli ekanligiga eʼtibor qaratish zarur.
