Obidjon

Kichkintoylar quvonchi, Obidjon A., 2019

Kichkintoylar quvonchi, Obidjon A., 2019.

Учебник на узбекском языке.

   O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning qissalari, hikoyalari, she'rlari o‘ta quvnoqligi, qiziq-qiziq voqealarga boyligi, ayni paytda, asarlar zamirida chuqur falsafiy ma'nolar yashirinib yotishi bilan kichkintoy o'quvchilarnigina emas, katta yoshdagi kitobxonlarni ham azaldan oziga rom qilib kelmoqda.
Qo'lingizdagi kitob adibning «Mo'ttivoymisan, Mittivoymisan?» nomli yangi qissasi bilan boshlanishida ramziy ma'no bor. Bir joyi yayrab-yayrab kulishga, bir joyi hayot haqida teran mulohaza yuritishga sabab bo'lguchi bu asarda yangi zamon farzandining kechin-maiari hikoya qilinadi. Qissada juda shox, qaysargina bola atrofdagi yaxshi odamlarning mehribonlarcha munosabati, istiqlol davrining yoshlarga yaratib berayotgan keng sharoitlari tufayli oziga yorqin yo‘l topa olgani, tobora el-yurtining faxriga aylanib borayotgani ishonchli tarzda tasvirlanadi. «Kezargon Boychechak» qissasida esa Navro'z an'analarining qadimiyligi, muqaddasligi, ko'hna urf-odatlarimizning gozal qirralari quvnoq va hayajonli voqealar vositasida ochib berilgan.
Bahrom Obidjonov yordamida to'plab nashrga tayyorlangan bu kitobdan biri biridan qiziq, mushohadatalab hikoyalar va kichkintoylarga atalgan jajji quvnoq she'rlar ham o'rin olgan.

Kichkintoylar quvonchi, Obidjon A., 2019
Скачать и читать Kichkintoylar quvonchi, Obidjon A., 2019