O‘zbekistoiming iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, 8 sinf, Musayev P.G‘., Musayev J.P., 2019.
Учебник по географии для 8 класса на узбекском языке.
Siz endi oldingi sinflarda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma’lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu bilimlami o‘rganadigan fan iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritiladi. U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muayyan mamlakat bo‘yicha ham, butun jahon miqyosida ham o‘rganadi. Ushbu o‘quv yilida jonajon Vatanimiz - O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganasiz.