Учебник по географии для 7 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz bu yildan boshlab yangi fan — Geografiyani o‘rganishni boshlaysiz. Mazkur fan sizning ona sayyoramiz — Yer tabiati haqidagi bilimlaringizni yanada mustahkamlaydi. Yer yuzidagi yirik suvlik va quruqliklar — materiklar va okeanlar, ularning qismlari tabiati, ularda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishtiradi. Ushbu darslikni o‘qish orqali siz materiklar va okeanlarni o‘rgangan sayyohlarning faoliyati, turli materiklar iqlimi, suvlari, tabiat zonalari, okeanlar va ularning yirik qismlari — dengizlar, qo‘ltiq va bo‘g‘izlar tabiati bilan yaqindan tanishasiz. Ularni bilish, tahlil qila olish esa yurtimiz tabiatida kuzatilayotgan o‘zgarishlarni tushunishingizda, ularni tahlil qilish orqali kelajakda Yer yuzi va mamlakatimiz tabiatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekologik va geoekologik muammolarning oldini olishga tayyorgarlik ko‘rishda sizga yo‘lboshchi bo‘ladi.
