New Fly High, English, 5 sinf, Jo‘rayev L., Xan S., Kamalova L., 2017.
Учебник по английскому языку для 5 класса на узбекском языке.
New Fly High darsligiga xush kelibsiz! Ushbu darslik ingliz tilini o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qiziq va ajoyib mashq hamda topshiriqlar bilan to‘la. Darslikning oxirida grammatikaga oid ma’lumotlar va lug‘at berilgan.
Mashq daftari ingliz tilini sinfda yoki uyda o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qo‘shimcha mashq va topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat ishlarida bo‘limlarni o‘rganish davomida olgan bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish uchun multemedia ilovasi ham mavjud bo‘lib, undan siz o‘qituvchi yordamida yoki uyda mustaqil ravishda foydalanishingiz mumkin.
Ingliz tilini o‘rganib olishning eng yaxshi usuli uni amalda qo‘llash ekanligini unutmang. Darsda va uyda o‘rtoqlaringiz bilan ingliz tilida imkoni boricha ko‘proq muloqatda bo‘lishga harakat qiling.
Biz bu o‘quv materiallari sizga quvonch olib keladi va ko‘p vaqt o‘tmay ingliz tilidan olgan bilimingiz yuksaklarga parvoz qiladi degan umiddamiz.
