Men anglagan hayot, 5-9 sinf, Esse va hikoyalar, Jek London, 2017.
Учебник по литературе для 5-9 класса на узбекском языке.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan Jek London, asosan, Shimol haqida yozadi - uning xalqi, tabiati, jonivorlari hayotini shu qadar jonli va tiniq tasvirlaydiki, o'quvchi qor yoki suv kechayotgan qahramon yonida turib eti junjikadi. Mehnatsevarlik, qahramonlik, fidoyilik bilan bir qatorda sadoqat va muhabbat tuygulari ham tarannum etiladi. Inson yashash uchun, to'g'rirog'i, yaxshi yashash uchun kurashishi kerakligi va bu har bir odamning bosh maqsadi bolishi lozimligi Jek Londonning barcha hikoyalarida o'z aksini topadi.
Ushbu kitobning yana bir qimmati shundaki, undagi hikoya va qissalarning aksariyati bugungi davr yosh tarjimonlari tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan hamda ilk marta kitob holida chop etilmoqda.