Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.
Din azaldan kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Dinni o‘rganish — bu inson ma’naviy dunyosini o‘rganishdir. Diniy manbalar insoniyat tarixida sodir bo‘lgan ibratli voqealarni o‘zida mujassam qilgan, ular kishilarni axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa insonning hayot so‘qmoqlarida adashmasligi, yaxshi-yomon, oq-u qorani anglab yetishi hamda o‘z umrini oqilona tashkil etishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Natijada insonning turmush tarzi yuksalib, jamiyatda taraqqiy etadi.
