Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014.
Учебник по физике для 8 класса на узбекском языке.
Kundalik turmushimizda elektr energiyadan muntazam foydalanamiz. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabilar elektr energiya bilan ishlaydi (1-rasm). Ko‘chadagi tramvay-trolleybuslar, yer ostidagi metro poyezdlari ham elektr energiya hisobiga yuradi. Turli korxona, muassasa kabi barcha joylarda ham muntazam elektr energiyadan foydalaniladi.
8-sinfda Siz elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki, elektromagnit hodisalarni o‘rganasiz, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, oddiy elektr asbob va qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishasiz.
