Учебник по английскому языку для 3 класса на узбекском языке.
„Kids’ English 3“ o‘quv-metodik majmuasi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi „Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan talablar va vazifalardan kelib chiqqan holda ingliz tilini o‘rgatishning eng zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar tamoyillari asosida yaratildi.
O‘qish, yozuv, tinglab tushunish va gapirish asosida ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan ushbu o‘quv-metodik majmua ayrim kamchiliklardan xoli emasligi tabiiy. Shu bois o‘quv-metodik majmua yuzasidan bildiradigan fikrlaringiz biz mualliflar uchun qimmatlidir.
O‘quv-metodik majmua bolajonlarni zeriktirib qo‘ymaydi, aksincha, ingliz tilini o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otish bilan bir qatorda olamolam quvonch ham bag‘ishlaydi degan umiddamiz.








