Учебник по узбекскому языку для 8 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
O‘zbekiston - bizning Vatanimiz. 1991-yil 31-avgustda O‘z-bekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shundan beri har yili 1-sentabr sanasi Mustaqillik bayrami sifatida nishonlanadi. Poytaxtimizning bosh maydoni esa Mustaqillik maydoni deb atala boshlandi. Mustaqillik maydoniga kiraverishda Ezgulik arkasi bor. Uning ustidagi oppoq laylaklar ozodlik timsollari hisoblanadi. Maydon o‘rtasiga o‘rnatilgan obida „Mustaqillik va ezgulik monumenti“ deb ataladi. Unda O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan yer shari aks ettirilgan. Bu jahon xaritasida mustaqil O‘zbekiston davlati mustahkam o‘rin olganining ramziy ifodasidir.








