Учебник по истории для 11 класса на узбекском языке.
«Dunyo dinlari tarixi» fanini o‘rganar ekansiz, e’tiqodingizdan qat’i nazar boshqa dinlarni kamsitmasligingiz, boshqalarning diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish qoidalariga rioya qilishingiz zarur.
Darslikdagi ijodiy faoliyat hamda qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan topshiriqlarni bajarish orqali siz mustaqil va mantiqiy fikrlash, kommunikativlik, tarixiy manbalar bilan ishlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish, axborot olish va undan foydalanish, ijtimoiy faollik kabi hayotiy kompetensiyalaringizni shakllantirasiz. Bu esa sizlarga Vatan oldidagi burch va mas’uliyatini anglaydigan komil inson bo‘lishingizda yordam beradi. Bu ishda sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.








